Buyruq maylidagi gaplar

Автор: Пользователь скрыл имя, 29 Июня 2013 в 11:02, курсовая работа

Описание работы

Mustaqillikka erishgandan so`ng yurtimizda ko`plab sohalar rivojlandi. Bular sirasiga misol tariqasida sport,ma`daniyat ma`rifat, ilm-fan, texnika, meditsina sohalarini kiritish mumkin. Bugun biz tarixiy bir davrda—rivojlanayotgan vaqatda yashamoqdamiz. Atrofimizdagi barcha narsalar shiddat bilan rivojlanayotgani hech birimizga sir emas. Hozirgi kunda tezkor ravishda shakllanayotgan sohalardan biri ilm-fan sohasi hisoblanadi. Ilm-fan xalqning ilmiy, ma`naviy merosini ko`rsatib beruvchi kuchdir.
Bizga ma`lumki, mustaqillikdan so`ng ilm-fan sohasiga yurtboshimiz rahnamoligida ko`plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yillarda o`zbek adabiyoti, tarjima san`ati ham shakllandi. Adabiyot va san`at asarlari mustaqil Respublikamiz fuqarolari ma`naviy dunyosini boyitish, ularni go`zal narsalarning hammasidan bahramand etish kabi ajoyib xususiyatlarga ega.

Содержание

I.Kirish
II.Asosiy qism
I.bob.
1.1.Tarjimashunoslik nazariyasi va uning rivojlanishi
2.2.Tarjimaning grammatik muammolari
II.bob.
2.1.Nemis tilida buyruq mayli va buyruq gaplarning o`zbek tiliga tarjimasi
2.2.”Yosh Verterning iztiroblari”romanida buyruq gaplarning o`zbek tilida berilishi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
V.Foydalanilgan lug`atlar ro`yxati

Работа содержит 1 файл

iroda kursarbeit.docx

— 51.42 Кб (Скачать)

Ich schreibe jetzt einen Brief.

Men hozir xat yozyapman.

Ich schreibe morgen einen Brief.

Men ertaga xat yozaman.

Ko`rib o`tganimizdek, tarjimada Grammatik muammolarning bo`lishi tabiiy hol. Tarjimonlar bu muammolarni yechib, asarlarni aniq tarjima qilishga harakat qilishadi. Ammo chet tilidagi ko`pchilik gaplarni, xuddi aslidagidek tarjima qilishning iloji yo`q. Bunda tarjimon mahorati, asar mazmunini to`liq anglay olishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II bob.

2.1. Nemis tilida buyruq mayli va buyruq gaplarning o`zbek tiliga tarjimasi.

Mazkur bobda ilmiy ishimizning asosiy mavzusi bo`lgan buyruq mayli(Imperativ) bilan tanishib chiqdik va Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romanidagi buyruq gaplarni ikki tilni muqoyasi qilgan holda tahlil qildik.

“ Buyruq mayli buyurish, talab, iltimos, man etish kabi ma`nolarni ifodalaydi. U yasalishiga ko`ra to`rt shaklga ega hisoblanadi.

1.Ikkinchi shaxs birlik shakli (die Form des Singulars);

2.Ikkinchi shaxs ko`plik shakli (die Form des Plurals);

3.Hurmat shakli (die Hoflichkeitsform);

4.Birgalik shakli (die Form mit wir)”13

Buyruq maylining ikkinchi shaxs birlik shakli fe`l o`zagiga –e qo`shimchasini qo`shish bilan yasaladi. Ba`zan –e qo`shimchasi bo`lishi shart emas.

Masalan:

Lerne!—o`rgan                                Spiele!—o`yna

Schreibe!— yoz                                Sage!—ayt

Koche!—pishir                                 Bilde!—tuz

Lache!—kul                                      Denke!—o`yla

Bundan tashqari ayrim holatlar, Grammatik, fonetik jihatlar ham nemis tili buyruq maylining yasalishiga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, “o`zagiga –t, -d,      -chn, -dm, -tm, -gn undoshlari bo`lgan fe`llar hamma vaqt –e qo`shimchasini oladi. O`zagida a, au unli tovushlari bo`lgan kuchli fe`llar buyruq mayliga umlaut qabul qilmaydi. O`zagiga –e  unli tovushi bo`lgan kuchli fe`llardan buyruq mayli yasalganda, uning –e qisqa yoki cho`ziq –i,   -ie ga almashadibva qo`shimcha olmaydi.”14

–Schlafe nach dem Kino!

Kinodan so`ng uxla!

–Arbeite im Garten, wenn das Wetter gut ist!

Agar ob-havo yaxshi bo`lsa, bog`da ishla!

–Fahre an die Uni mit dem Auto!

Universitetga mashina bilan bor!

–Warte ein bischen auf mich!

Meni biroz kut!

–Laufe nach Hause und rufe alle!

Uyga yugur va hammani chaqir!

–Sprich bitte lauter! Ich höre nicht.

Iltimos balandroq gapir! Eshitmayapman.

–Nimm das Buch und gibe s deiner Freundin!

Kitobni ol va dugonangga ber!

–Komm schneller! Sonst wirst du dich verspäten!

Tezroq kel! Aks holda kechikasan!

Buyruq maylining ikkinchi shaxs ko`plik shakli fe`l o`zagiga –et qo`shimchasini qo`shish bilan yasaladi.

–Zeigt mir bitte die Zeitung!

Iltimos menga gazetani ko`rsatinglar!

–Fahrt aufs Stadion, um Fuβball zu spielen!

Futbol o`ynash uchun stadionga bor!

–Schreibt das Datum! Das Datun brauchen wir.

Sanani yozinglar! Sana bizga kerak.

–Nehmt die Wörterbücher!

Lug`atlarni olib kelinglar!

–Macht das Zimmer sauber, weil die Gäste heute kommen!

Xonani tozalang, chunki bugun mehmonlar keladi!

–Besucht das Museum, um hier zu erholen!

Dam olish uchun muzeyga boringlar!

–Geht ins Kino ohne Schwester!

Opangizsiz kinoga boringlar!

–Lernt die Vokabeln im Text!

Matndagi so`zlarni o`rganinglar!

–Übersetzt den Text ohne Wörterbücher!

Matnni lug`atlarsiz tarjima qilinglar!

–Beginnt mit der Arbeit! Die Zeit geht.

Ishni boshlanglar! Vaqt ketyapti.

Buyruq maylining hurmat shakli fe`l o`zagiga –en qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi. Biroq fe`ldan so`ng bosh harf bilan yozilgan holda Sie kishilik olmoshi qo`yiladi.

–Antworten Sie bitte!

Javob bering, iltimos!

–Schreiben Sie einen Brief dem Freund!

Do`stingizga xat yozing!

–Zeigen Si emir bitte, wo das Theater ist!

Iltimos, menga teatr qayerdaligini ko`rsating!

–Sagen Sie, was Sie erlebt haben!

Boshdan kechirganlaringizni ayting!

–Schenken Sie Ihrer Freundin schöne Blumen!

Dugonangizga chiroyli gullar sovg`a qiling!

–Machen Sie das Fenster nicht zu!

Derazani yopmang!

–Schalten Sie bitte das Radio aus! Das gefällt mir nicht.

Iltimos, radioni o`chiring! Bu menga yoqmayapti.

–Ziehen Sie den Regenmantel an! Heute regnet es viel.

Plashingizni kiying! Bugun yomg`ir ko`p yog`adi.

–Treiben Sie Sport, um gesund zu warden!

Sog`ayish uchun sport bilan shug`ullaning!

Buyruq maylining birgalik yoki wir bilan kelgan shakli fe`l o`zagiga –e qo`shimchasini qo`shish orqali yasaladi.

–Singen wir ein Lied!

Kelinglar, qo`shiq aytamiz!

–Gehen wir ins Kino!

Kelinglar, kinoga boramiz!

–Tanzen wir heute!

Kelinglar, bugun raqsga tushamiz!

–Pflücken wir Äpfel im Garten!

Kelinglar, bog`dagi olmalarni teramiz!

–Räumen wir das Zimmer auf!

Kelinglar, xonani tozalaymiz!

–Sprechen wir nur Deutsch in der Stunde!

Kelinglar, darsda faqat nemis tilida gapiramiz!

–Lesen wir die Zeitung!

Kelinglar, gazetani o`qiymiz!

Ko`rib o`tganimizdek, nemis tili buyruq maylida buyruq maylidagi fe`l gap boshida keladi. Ammo o`zbek tiliga tarjima qilinganda fe`l, ya`ni buyruq maylidagi fe`l gap oxirida keladi. Ularni tarjima qilishda to`g`ridan-to`g`ri tarjima qilish mushkul. Agar buyruq mayli birgina fe`ldan iborat bo`lsa tarjimada muvofiqlik yuzaga keladi. Masalan, Komm!–kel!, Gib!–ber!, Nimm!– ol!, Fahrt!–boringlar!, Lesen Sie!–O`qing! va boshqalar.

Buyruq maylidagi gaplarni tarjima qilishda bundan tashqari so`zma-so`z tarjimadan foydalanish ham mumkin. Masalan:

Fahr nach Hause! — Ket uyga!

Sprich mir nicht! — Gapirma menga!

Komm zu mir nicht! — Kelma menikiga!

Mazkur kurs ishimizning keyingi qismida buyruq maylidagi gaplarning o`zbek tiliga tarjimasining asar tarjimasi asosida ko`rib chiqdik. Bu borada Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romani manba vazifasini bajardi. Romandagi buyruq gaplarning tarjimasi, tarjimonning qay darajada o`zbek tiliga o`girgani ham tahlil qilindi. Asosan buyruq gaplarning misol va namunalari keltirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.2. “Yosh Verterning iztiroblari” romanida buyruq maylidagi gaplarning o`zbek tilida berilishi.

Mazkur qismda Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari”  romanida qo`llanilgan buyruq maylidagi gaplarning o`zbek tiliga tarjimasi ko`rib chiqildi. Ushbu romanni tarjima qilgan tarjimon Yanglish Egamova tarjima jarayonida asardagi mavjud gaplarni o`zbek tiliga muvaffaqiyatli o`girishga harakat qilgan. U gaplardagi ma`noni saqlab qolishda, ularning tuzilishini biroz o`zgartirgan. Namunalar Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romanining asli va ushbu romanning o`zbek tilidagi variantidan olindi. Avval asliyatdagi buyruq gaplar, so`ng tarjimadagi gaplar keltirildi. Ushbu o`rinda biz Y.V.Gyote hamda Yanglish Egamovalarning uslublarini ko`rishimiz mumkin. Ayrim joylarda buyruq maylidagi nemis tilidagi gap o`zbek tiliga ayrim o`zgartirishlar bilan tarjima qilingan, ammo bu asar mazmuniga deyarli ta`sir etmagan. Yuqoridagi fikrlarimizni quyidagi misollar yordamida tahlil etamiz va ko`rib chiqamiz.

1.Asliyat: Du bist so gut, meiner Mutter zu sagen, dass ich ihr Geschäft bestens betreiben und ihr eh'stens Nachricht davon geben werde.(5).

Tarjima: Agar malol kelmasa, onamga aytib qo`ysang, men uning topshorig`ini bajonidil ado etib, uni bundan tez orada vofiq qilaman.(8).

2.A.: –Lieber, ich bitte Dich um Gottes Willen, laβ mir sie vom Halse!(8).

T.: Azizim, Xudo haqqi, sendan o`tinaman, ulardan meni xalos et!(10).

3.A.: Sag du, das ist zu hart! Sie schränkt nur ein, beschneidet die geilen Reben usw.– (15).

T.: Yo`q, bunday emas! Qat`iy qonunlar faqat itoat ettiradi, haddidan oshganlarni yo`lga solidi va hakazo.

4.A.: Schelte mich nicht, wenn ich Dir sage, dass bei der Erinnerung dieser Unschuld und Wahrheit mir die innerste Seele gleiht, und dass mich das Bild dieser Treue und Zärtlichkeit überall verfolgt, und dass ich, wie selbst davon entzündet, lechse und schmachte.(19).

T.: Undagi boodoblik va samimiyatni eslaganda ich-ichimdan hayajonga kelishimga, mana shunday billurdek sevgi ramzi hamma joyda ortimdan ergashib yurishi, o`zim esa, uning alangasida kuyib, kul bo`lishimga sening oldingda iqror bo`lsam, meni koyima.(18).

5.A.: Du soltest raten,dass ich mich wohl befinde, und zwar – kurz und gut, ich habe eine Bekanntschaft gemacht, die mein Herz näher angeht.(19).

T.: Mening sog`-salomat ekanligimni o`zing fahmlashing kerak edi, ya`ni qisqasi, mening birov bilan tanishganligim qalbimda tug`yon ko`tarmoqda.(19)

6.A.: Höre den, ich will mich zwingen, ins Detail zu gehen.(20).

T.: Quloq sol, voqeani ipidan-ignasigacha bayon qilib berishga harakat qilaman.(20).

7.A.: Nehmen Sie sich in acht, versetzte die Base, dass Sie sich nicht verlieben!(21).

T.: Ehtiyot bo`ling, tag`in sevib qolmang! – qo`shib qo`ydi jiyani.(20).

8.A.: –Wir spielen Zählens, sagte sie. Nun gebt acht!(28).

T.: –Biz sanash o`ynaymiz,– dedi u, – diqqat!(26).

9.A.: Wehe denen, sagte ich, die sich der Gewalt bedienen, die sie über ein Herz haben, um ihm die einfachen Freuden zu rauben, die aus ihm selbst hervorbeimen.(37).

T,: Birovning qalbiga hukmronlikdan foydalanib, shu qalbda tug`iladigan ozgina quvonchdan ham uni mahrum qiluvchi kishiga la`nat deging keladi.(35).

10. A.: Nein! rief das Kind mit dem süβesten Ausdrucke, nein, lottchen, du sollst zuerst trinken!(39).

T.: Yo`q, yo`q! – qichqirdi qizcha muloyimgina tovush bilan, – Lotxen, oldin sen ich!(36).

11.A.: Komm Malchen, fuhr sie fort, da wasche dich aus der frischen Quelle geschwind, geschwind, da tut's nichts.(39).

T.: Yur, Malxen, – derdi u, – yuzingni tezroq buloq suviga yuvgin, keyin yaxshi bo`ladi.(36).

12. A.: Die Frauenzimmer fuhren hinaus, und während unserer Spaziergänge glaubte ich in Lottchens schwarzen Augen –  ich bin ein Tor, verzeih mir's!(40).

T.: Xonimlar karetada ketishdi; sayr paytida, nazarimda, Lottaning qora ko`zlarida men tentakman, meni kechir!(37).

13.A.: Bewahre Dich Gott, dass Du darüberlachest!

T.: Xudoyo, sen bundankulma!(41).

14.A.: Schafft mir diese Strohmänner vom Halse!(48).

T.: Meni bunday befahmlardan xalos etinglar!...(44).

15.A.: Borge mir die Pistolen, sagte ich, zu meiner Reise.(51).

T.: Sayohatga chiqishimda to`pponchalaringni berib tur, –iltimos qildim men.(47).

16.A.: Schämt euch, ihr Nüchternen!  Schämt euch, ihr Weisen!(53).

T.: Uyat emasmi axir, hushyorlar! Uyat emasmi, donolar!(49).

17.A.: Nimm mir's nicht übel, die Beispiele, die du da gibst, scheine hierher gar nicht zu gehören,(54).

T.: Achchig`ing kelmasin-u, lekin sen keltirgan misollar, bu masalaga mutlaqo taalluqli emas.(49).

18.A.: Sieh Albert, das ist die Geschichte so manches Menschen! Und sag, ist das nicht der Fall der Krankenheit?(56).

T.: Ko`rdingmi, Albert, bu ko`plarning qismati! Aytchi, shu ham kasallik alomati emasmi?(51).

19.A.: Sieh! So kommen sie meinen Wünschen zuvor, so suchen sie alle die kleinen Gefälligkeiten der Freundschaft auf, die tausendmal werter sind als jene blendenden Geschenke, wodurch uns die Eitelkeit des Gebers erniedrigt.(62).

T.: Ko`ryapsanmi, ular mening istaklarimni sezadilar va kichkina bo`lsa-da, do`stona iltifot ko`rsatishga intiladilar. Bular, dabdabali sovg`alari bilan kekkayib, bizni yerga uradigan kishilarning tortiqlaridan ming marta afzalroqdir.(56).

20.A.: Verzeihe mir's, Teuerste, wenn ich ihnen nicht bin, was du ihnen warst.(66).

T.: Mehribonim, agar men sening o`rningni to`liq bosa olmayotgan bo`lsam, kechir!(60).

21.A.: Sei ihre Mutter! – Ich gab ihr die Hand drauf!(67).

T.: Ularga ona bo`l! – Men buning uchun uning oldida qasamyod qildim!(61).

22.A.: Macht nun daraus was Ihr wollt, und kombiniert die möglichen Fälle, unter denen ich hätte bleiben können und sollen, genug, ich gehe.(82).

T.: Nima o`ylasalaring o`ylayveringlar, meni qoldirish maqsadida istagan shart-sharoitlaringni ro`kach qilaveringlar, man baribir ketaman.(75).

23.A.: Sieh, mein Lieber, so beschränkt, und so glücklich waren die herrlichen Altväter, so kindlich ihr Gefühl, ihre Dichtung!(85).

T.: Ko`ryapsanmi, azizim, ota-bobolarimizning ham fikr doirasi xuddi shunday chegaralangan bo`lgan va o`zlarini o`shanday baxtli his etganlar! Ularning ijodalari ham o`ta sodda bo`lgan!(77).

24.A: Sage, was du willst, ich kann nicht länger bleiben.(86).

T.: Nima desang, deyaver, ammo men ortiq nolimayman.

25.A.: Ich will nicht rechten, und verzeihe mir diese Tränen, verzeihe mir meine vergeblichen Wünsche!(88).

T.: Men hasrat qilayotganim yo`q, ko`z yoshlarim, puch ozrularim uchun meni avf et!(79).

26.A.: Lies, mein Geliebter, und denke dabei, dass es auch die Geschichte Deines Freundes ist.(92).

T.: Azizim, o`qi va do`stingning ham qismati ekanligini o`ylab qo`y!(83).

27.A.: Es fing an: Bester, Liebster, komme, sobald Du kannst, ich erwarteDich mit tausend Freuden.(92).

T.: Xat shunday boshlanardi: “Azizim, jonim, iloji boricha tezroq qayt! Men seni cheksiz quvonch bilan kutaman!(83).

28.A.: Sehen Sie ihn! Wenn ich ihm Brot gebe, flatter er mit den Flügeln und pickt so artig. Es küβt mich auch, sehen Sie!

T.: Qarang! Unga non bersam, qanotlarini silkitib, itoat bilan cho`qiydi, qarang, meni o`padi ham!

29.A.: Siehst Du, mit mir ist's aus, ich trag'  es nicht länger!

T.: O`tinaman… meni tushun, men ado bo`ldim, ortiq chidashga toqatim qolmadi!

Ko`rib o`tganimizdek,asardagi buyruq gaplar unchalik ko`p emas. Tahlillarimizdan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, asarda uchrovchi buyruq gaplar asosan II shaxs birlik shakliga tegishli. Ular buyruq maylidagi gaplarning asosiy qismini tashkil etadi. II shaxs ko`plik mayli esa asarda juda kam joylarda qo`llanilgan. Bundan tashqari qolgan ikki shakl ham deyarli qo`llanilmagan. Bunga sabab, bizningcha, asarning asosan maktub shaklida bitilganligi va unda geyarli bir kishiga, ya`ni asar qahramoni Verterning o`z do`stiga nisbatan muloqotda bo`lganligi hisoblanadi. Bundan tashqari asar deyarli monologlardan iborat. Ularda ham ayirm joylardagina buyruq maylidagi gaplar ishlatilgan. Biz tahlil qilgan ushbu asardagi buyruq gaplar birinchi marta mazkur kurs ishida ko`rib chiqildi. Asardagi buyruq gaplarning o`zbekcha tarjimalariga qanchalik to`g`ri kelganligi ham tahlil qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xulosa

Ko`rib o`tganimizdek, chet tilidagi asarni, uning barcha xususiyatlari bilan birga, mazmunni saqlagan holda o`zbek tiliga tarjima qilish oson ish emas. Bu jarayonda ayirm hollarda nemis tilidagi bir nechta gaplar o`zgartirilishi, ya`ni Grammatik jihatdan biroz to`g`ri kelmasligiga guvoh bo`ldik. Kurs ishida asosan Y.V.Gyotening “Die Leiden des jungen Werthers” romani va uning Yanglish Egamova tomonidan tarjima qilingan o`zbekcha variantidagi buyruq gaplar bir-biriga qiyoslangan holda keltirildi va ko`rib chiqildi. Asarning Grammatik jihatlaridan biri buyruq gaplarning mazkur romanda ko`p emasligiga ham amin bo`ldik. Keltirilgan buyruq gaplar asosan II shaxs birlik formasida ishlatilgan. Ushbu uyruq gaplar Verterning Ollohga va o`z do`stiga murojaatlaridan iborat. Ilmiy ishning ilmiyligini ta`minlash maqsadida bir qancha o`zbek olimlarining fikrlarini ham keltirib o`tdik. Bu ham ilmiy ishning to`liq mazmunga ega bo`lishida muhim ahamiyat kasb etadi. G`.Salomov, I.G`ofurovlarning ilmiy qarashlari mazkur kurs ishining mavzusini tahlil qilishda alohida o`ringa ega bo`ldi. Ushbu nazariyalarga asoslangan holda, mazkur mavzuni tadqiq etdik. Xulosa qilib aytganda, ilmiy tadqiqot ishida ko`zda tutilgan mavzu yozuvchining so`z qo`llsh mahoratini, uning o`zi ishlatadigan tasvir vositalarini o`rganish bilan bir qatorda asardagi buyruq maylidagi gaplarning tarjimada berilishini qiyosiy tahlil etish, ancha murakkab bo`lishiga qaramasdan, qiziqarli mavzu ekanligiga amin bo`ldik. Asar mutolaasi va tahlili jarayonida yana shuni ham qayd etdikki,asliyatdagi gaplar o`zbek tiliga ham o`z qiymatini, mazmunini yo`qotmagan.

Mashhur nemis yozuvchisi, shoiri Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romani asosan monologlardan iborat. Shuning uchun biz buyruq maylidagi gapalarning asosiy qismini ana shu monologlardan topdik. Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romanidagi buyruq gaplarning katta qismi ikkinchi shaxs birlik formasiga to`g`ri keladi. Bundan ko`rinib turibdiki nemis xalqi bir-biriga “sen” deb murojaat qiladi va bu ularga odatiy hol hisoblanadi. Ammo ushbu gaplarning ayrimlari o`zbek tiliga “siz”lash tarzida tarjima qilingan. Bu jarayonda tarjimon Ya. Egamova o`zbek ma`daniyati, urf-odati va an`analarini ham hisobga olgan bo`lsa, ajab emas. Asarda “siz”lab muomala qilish atigi 3 o`rinda kuzatiladi.

Asardagi buyruq gaplarning ayrimlari o`z ma`nosiga ko`ra, ya`ni o`sha fe`lning tarjimasi asosida tarjima qilingan, ayrimlari esa boshqa so`zlar, tasviriy ifodalar orqali o`zbek tiliga o`girilgan. Badiiy tarjima tub mohiyatiga ko`ra subyektiv individual hodisa hisoblanadi. Unda tarjimonning tutgan o`rni juda muhimdir. Shu bilan birga tarjimon qaysi davrda yashayotgan bo`lsa, ana shu davr nuqtai nazari bilan tarjima qilishi mumkin. Uning o`ziga xosligi muayyan ijtimoiy, madaniy-adabiy shart-sharoitlar ta`sirida shakllanadi. Bu omillar individualligi orqali tarjima jarayoniga ta`sir ko`rsatuvchi obyektiv hodisadir. Bizga ma`lumki, har bir davrda yozuvchilar, shoirlar, umuman ijod ahli o`zlarining qarashlarini asarlarga singdirishga harakat qilishgan. Ularning ichki dunyosi, ruhiyati, insonlarga munosabati, dunyoga bo`lgan qarashi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga nisbatan fikrlari ham asarlarda o`z aksini topadi. Bundan tashqari ular asarlarini mazmunli, ta`sirchan qilib yaratish uchun albatta tasvir vositalardan, Grammatik tuzilmalardan va monolog, diologlardan ahm foydalanishadi. Biz ko`rib o`tganimiz Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romani ham xuddi shunday romanlardanbiri hisoblanadi. Mazkur romanda ham aynan aytib o`tilgan xusuisyatlarni toppish mumkin. Bu vositalar asarning muvaffaqiyatini ta`minlagani ehtimoldan holi emas. Romanda ritorik so`roq gaplar, qahramonning yaratganga, uzoqdagi do`stiga murojaati asarning ta`sirchanligini oshirgan. Asar bilan tanishish va uning ikkala tildagi variantini ham tahlil etish jarayonida ishlatilgan buyruq gaplar ham qandaydir adabiy yuk ko`taradi. Asarda mavjud buyruq gaplar yordamida yozuvchi butun xalqqa murojaat qilgandek bo`ladi. U ularni biror narsaga undaydi. Nemis tilida kelgan so`roq gaplar va darak gaplar ham o`zbek tilidagi tarjimada buyruq ma`nosida kelgan holler ham uchradi. Aksincha, nemis tilidagi buyruq gaplar o`zbek tilidagi oddiy gap shaklida kelganligiga ham guvoh bo`ldik. Ammo ushbu yuqorida keltirilgan fikrlar namunalarini ilmiy ishimizda keltirmaslikka harakat qildik.

Hozirgi kunda davr va zamon, insonlar ham o`zgarib bormoqda. Ularning ehtiyojlarini qondirish esa eng dolzarb ishlardan hisoblanadi. Istiqlol barcha sohalarda bo`lgani kabi xalq ta`limi sohasida ham katta o`zgarishlar yasadi, buyuk burilishlar qildi. Jumladan, tillarni o`rganish, asarlarning alohida xususiyatlarini tadqiq etish, ulardagi jihatlarni ko`rib chiqish asosiy masalalardan sanaladi. Har bir o`quv yurtida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayotgani hech birimizga sir emas. Mazkur olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ta`lim sohasida yangi-yangi yo`nalishlarning ochlishiga sabab bo`lmoqda va bu o`z navbatida xalqning ma`naviy olamining rivojlanayotganligidan darak beradi. Yurtimizda ayni shunday ilmiy ishlar rivojiga katta ahamiyat berilayotganini, barpo etilayotgan ta`lim maskanlari, axborot resurs markazlari, yangi xizmatlarning yaratilayotganligi misolida ko`rishimiz mumkin. Har bir ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug`ullanuvchi shaxsga esa yetarlicha imkoniyat berilmoqda. Ayni shu e`tibor mevasi sifatida ushbu ko`rib o`tgan kurs ishimizni keltirishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1. Karimov I.A.   Yuksak ma`naviyat—yengilmas kuch.     T.: Ma`naviyat, 2008

2.Karimov I.A.     Barkamol avlod – kelajagimiz tayanchi.   T.: Ma`naviyat,  2006

3.Goethe J.W.  Die Leiden des jungen Werthers.  Stuttgart,  Philipp Reclam Jun, 1948

4. Gyote I.V.    Yosh Verterning iztiroblari.     T.: Yangi asr avlodi,  2006

5. Gyote Jo.W.    Sammelwerke           Berlin,  1977.

6. Karimov E.A.   Professor G`.as-Salom ilmiy va ijodiy faoliyatiga oid ma`lumotnoma.  Samarqand,  1992

7. Karimov Sh.   Nemis adabiyoti tarixi.   T.:, Mumtoz so`z,  2010.

8.Komilov N.     Klassik tarjimada uslub. Tarjima san`ati, maqolalar to`plami, 2-kitob, T.: Adabiyot va san`at,  1997.

Информация о работе Buyruq maylidagi gaplar